Madriddagi Real jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo milliy jamoalar o'yinlari uchun klub futbolidagi tanaffuslar haqida fikrlarini bildirdi.

«Men milliy jamoalar o'yinlari haqida xavotirdaman. Futbolchilar milliy jamoalarga ketib, u yerda muntazam o'ynashlari uchun xavotirda bo'laman. Milliy jamoalar o'yinlarida ko'pincha futbolchilar jarohat olishadi. Shuning uchun ular klubning mashg'ulot rejasidan chetda qolishadi. Ammo bular hozirgi haqiqatlar, buni o'zgartirish mumkin emas», - deya aytgan portugaliyalik murabbiy AS nashriga.

Ispaniya chempionatining uchinchi turida Malaga jamoasi «oq-qora»larning maydonida o'ynaydi. O'yin 30-avgustda bo'lib o'tadi va Moskva vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.