«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik chap himoyachi Alejandro Balde bilan suhbatlashdi.
Germaniyalik murabbiy ispaniyani yaqinda bo'lib o'tgan Elchega qarshi o'yin ro'yxatiga kiritmagan, buning sababi esa futbolga diqqatini jamlamaganligi, transfer suhbatlari bilan bandligi deb izohlagan. Jurnalist Pol Ballusning ma'lum qilishicha, yaqinda bo'lib o'tgan shaxsiy suhbatda Flik Baldeni zaxira o'yinchisi sifatida ko'rayotganini, asosiy tarkibda esa qaytgan Joao Kanseluni o'ynatmoqchi ekanligini aytgan. Mutaxassis 22 yoshli o'yinchini o'z o'rnini egallash uchun mehnat qilishga chaqirdi. Yosh «ko'k-qizil» tarbiyalanuvchisi bu chaqiruvni qabul qilib, murabbiylar shtabiga o'z qobiliyatini isbotlashga tayyor ekanligini ta'kidlagan.
Alejandro Baldega «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
