«Barselona» yakshanba kuni kechqurun La Ligada «Elche»ga qarshi mehmonlik o‘yinini o‘tkazadi. Katalon klub o‘yinga ro‘yxatni e’lon qildi va unda himoyachi Alejandro Balde yo‘q edi.

Jurnalist Xeraard Romero ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, Balde o‘yinga borishga tayyor edi, ammo bosh murabbiy Hans-Diter Flik kecha uning ro‘yxatda bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu nemis mutaxassisining qarori edi.

Oldinroq matbuotda 22 yoshli Balde «Barselonani» yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin tark etishga qaror qilgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Ixtisoslashgan Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million evro deb baholamoqda.