«Barselona»ning qanot o'yinchisi Rafinya Dias La Ligada «Elche»ga qarshi o'yinda (5:0) hujumchi pozitsiyasida o'zini ko'rsatdi.

29 yoshli braziliyalik ikki gol urdi va bitta golli uzatma berdi. U o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

– Sen hujumchi pozitsiyasida ajoyib o'ynading. «Barselona»ga yangi hujumchi kerakmi?

– Men bu savolni Deku, Laporta va Flikka qoldiraman. Men hujumchi bo'lishim mumkin. Har qanday joyda o'ynashim qulay, men moslashishga qodirman, – deydi Rafinya, Barca Universal orqali.

«Elche» darvozasiga yana ikki gol urgan Fermin Lopez, yangi o'yinchi Karim Adeyemi esa bir marta to'pni darvozaga joyladi.