«Barselona»ning qanot o'yinchisi Entoni Gordon jamoasi bilan birinchi o'yinidan keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Angliyalik futbolchi La Ligada «Elche»ga qarshi o'yinda 65-daqiqada maydonga tushdi va ikki golli uzatmani amalga oshirdi. O'yin «ko'k-qizillar»ning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

«Orzular debyuti. Men juda mamnunman. Biz chiroyli o'ynadik, bir nechta ajoyib gol urdik, himoyachilar ham juda yaxshi o'zlarini ko'rsatdilar.

Men o'zimni uyda his qilyapman: ajoyib shahar, hamma juda do'stona, jamoa meni iliq kutib oldi. O'ylaymanki, «Barselona»da qancha ko'p bo'lsam, shuncha ko'p taraqqiyotga erishaman», – deydi 25 yoshli futbolchi BarcaTimes'ga bergan intervyusida.

«Barselona» Entoni Gordoni joriy mavsumning boshida «Nyukasl»dan sotib oldi.