«Barselona» himoyachisi Alejandro Balde ilk bor katalon klubidagi kelajagi haqida shubhalana boshladi. COPE ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi Xansi Flik jamoasidagi o'rni haqida aniq ma'lumot yo'qligidan xavotirda.
Balde «Elche»ga qarshi (5:0) bo'lib o'tgan La Liga ikkinchi turidagi o'yin ro'yxatiga kiritilmagan. Balde atrofidagilar bu vaziyatni ketish uchun mumkin bo'lgan signal deb baholamoqda. 22 yoshli himoyachiga boshqa klublardan takliflar kelib tushgan. Eng aniq qiziqishni «Manchester Yunayted» bildirgan, ammo Balde «Barselona» rahbariyati va murabbiylar shtabidan aniq ma'lumot olmaguncha transfer haqida qaror qabul qilishni rejalashtirmayapti.
O'yinchi odatdagi tartibda mashg'ulot o'tkazishda davom etmoqda.
