Madridning Real jamoasining murabbiyi Jozef Mourinyo Vinisius Junyorning shartnomasini uzaytirishi haqida fikr bildirdi.

«Bu men uchun kutilmagan holat emasdi. Menga vaziyatni tushuntirganda, birinchi savolim shunday bo'ldi: «U qolishni xohlaysimi yoki yo'qmi?» Menga u qolishni xohlaydi, deyishdi, shuning uchun men xotirjam edim. U dunyodagi eng yaxshi o'yinchilar qatorida yoki yo'qligini baholamoqchi emasman. Lekin u albatta eng yaxshilardan biri, eng yaxshilar esa Realda bo'lishi kerak», — deydi Mourinyo Ispaniyaning Diario AS gazetasiga bergan intervyusida.

O'tgan mavsumda 26 yoshli Vinisius barcha turnirlarni hisobga olganda 53 marta maydonga tushdi, 22 marta raqib darvozalarini ishg'ol qildi va 14 ta golli uzatma berdi.