«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin hujumchini qo'shib olishiga ishonch bildirdi.
Chorshanba kuni «Barselona» Joan Gamper kubogini qo'lga kiritdi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa «Al-Ahli»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Endi «ko'k-qizillar» Ispaniya chempionatining birinchi turida «Elche»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishadi. Jamoalar 23-avgust, yakshanba kuni maydonga tushadi.
