«Barselona» «Fenerbaxche» bilan darvozabon Dominik Livakovichning o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Sport.es ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga yaqin. 31 yoshli darvozabonning transferi kataloniyaliklarga taxminan uch million evroga tushishi mumkin, bonuslarni hisobga olmaganda. Shartnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng, Livakovich bir mavsum davomida Zagrebning «Dinamo» klubida ijarada o‘tadi va 2027-yil yozida «Barselona»ga qo‘shiladi.

Kataloniyalik klub Livakovichni Voytsex Shchensining kelajakdagi o‘rniga ko‘zda tutmoqda, uning shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Jamoaning asosiy darvozaboni esa Joangarsiya bo‘lib qoladi.