Joao Kanselu «Barselona» futbolchisi bo'ladi. Kataloniyalik klub portugaliyalik himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Mashhur insayder Fabrizio Romano yozishicha, Kanselu «Al-Xilal» bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Shu sababli, futbolchi «Barselona»ga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin. Kutilmoqda, kelasi hafta boshida Kanselu Barselonaga o'tish jarayonini yakunlash va shartnoma imzolash uchun yo'l oladi.

Himoyachi uchun bu ispan klubiga qaytish bo'ladi. Kanselu avvalgi 2023/24 mavsumida «Barselona»da ijarada o'ynagan.