«Barselona»ning qanot o'yinchisi Entoni Gordon bosh murabbiy Hans-Diter Flikni hayratda qoldirdi.

Angliyalik o'yinchi bir hafta avval ta'tildan qaytdi. Barca Universal ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi «ko'k-qizil» jamoasiga a'zo bo'lganida a'lo jismoniy holatda bo'lgan va tezda jamoaga moslashib, talablarni yaxshi qabul qilgani bilan murabbiylar shtabini hayratda qoldirdi.

Entoni Gordon «Barselona»ga «Nyukasl»dan 70 million evroga o'tdi. Transfer haqida xabar may oyining oxirida berilgan edi. Yozda o'yinchi Angliya terma jamoasi safida jahon chempionatida oltita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.