Argentinalik jurnalist Gaston Edul Madridning «Atletiko» klubidan hujumchi Xulian Alvaresning «Barselona»ga o'tishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Matrasniklar»ning jamoaviy pozitsiyasi o'zgarmas: ular bu yozda hujumchi uchun takliflarni ko'rib chiqmaydilar.
«Men Alvaresning «Barselona»ga o'tishi mumkin deb hisoblayman. Klub uning sa'y-harakatlarini qadrlaydi, lekin ko'proq taklif qilishlari kerak.
Agar «Barselona» taklifni yaxshilasa, Xil Marin [«Atletiko»ning bosh direktori] o'zining qat'iy pozitsiyasini o'zgartirib, ko'proq pul olishga erishganini ta'kidlay oladi», - dedi Edul, «Atletiko»ning fikrini o'zgartirib, sotishga rozilik berishi mumkin bo'lgan senariyni bayon etar ekan.
Taxminlarga ko'ra, kataloniyalik ulkan klub Alvares uchun taxminan 100 million evro taklif qilgan.
