Vinger Runi Bardgji jiddiy tizza jarohati olib, uzoq muddatga safdanketdi. Natijada, futbolchi yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi.
Mundo Deportivo xabar berishicha, Hans-Diter Flik boshqa futbolchilar ham klubdan ketishi mumkinligidan xavotirda. Seshanba kuni nemis murabbiyi «Barselona»da olti futbolchini umumiy guruhdan olib tashladi.
Ushbu ro'yxatga Mark Kasado, Ektor Fort, Xofre Torrent, Tommi Markes, Toni Fernandes va Gilye Fernandes kiritilgan.
Flik hech kim jarohatlanishini va «Barselona»dan ketish imkoniyatidan mahrum bo'lishini xohlamaydi. Bu klubning transfer bozoridagi rejalari uchun ta'sir ko'rsatadi.
