Markaziy hujumchi Robbi Yur Ispaniyaning «Sevilya» jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berilgan.
22 yoshli forvard La Ligaga shvedning «Sirius» klubidan o‘tdi. Mish-mishlarga ko‘ra, transfer summasi bonuslarsiz 6,5 million evro bo‘lgan. Yur «Sevilya» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzoladi.
Shotlandiya yoshlar terma jamoasining sobiq hujumchisi joriy mavsum Shvetsiya chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U 15 ta gol urdi. O‘tgan yili Yur barcha musobaqalarda 35 uchrashuvda 16 marta to‘p kiritgan.
O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida «Sevilya» 13-o‘rinda tugatdi.
