«Atletiko» Madridning bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning himoyasi haqida fikr bildirdi.

«Biz yana himoyada ishonchli o'ynashimizni xohlayman. O'tgan mavsumda, ayniqsa Chempionlar ligasida, juda yomon himoyalandik. Biz ko'p hujum qildik va yarim finalga chiqdik, lekin buni hech kim qadrlamaydi. Nima uchun? Chunki «Atletiko»ning shunday obro'si bor», — deydi Simeone France Footballga.

Argentina mutaxassisi, shuningdek, yarim himoyachilardan ko'proq gol urishni xohlayotganini qo'shimcha qildi.

«Atletiko» Ispaniyaning La Ligasi yangi mavsumini «Malaga»ga qarshi uy o'yini bilan boshlaydi. Uchrashuv 19-avgustda bo'lib o'tadi va Moskva vaqti bilan 22:00da boshlanadi.