«Bazel» vaqtincha «Barselona» bilan o‘tkaziladigan do‘stlik o‘yini uchun chiptalarni sotishni to‘xtatdi, chunki uchrashuvga qatnashmoqchi bo‘lganlar soni juda ko‘p. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
O‘yinga 16-avgust, yakshanba kuni, 38 mingdan ortiq tomoshabin sig‘adigan «Sankt-Yakob Park» stadionida bo‘lib o‘tadi. Chiptalar sotiladigan sayt serverlarga yuz milliondan ortiq so‘rov kelib tushgach, yuklamani ko‘tara olmadi.
Klub tizimni kunning ikkinchi yarmida tiklashga harakat qildi, ammo ko‘rilgan choralar yetarli bo‘lmadi. Sotuvning qayta boshlanishi seshanba kunga mo‘ljallangan.
«Bazel» bilan o‘yin «Barselona» uchun 15-avgustda Marokashda o‘tkazilishi rejalashtirilgan, lekin xavfsizlik muammolari tufayli bekor qilingan «Tanjir» bilan o‘yinning o‘rnini egalladi.
«Bazel» bilan o‘yinga Hansi Flik ko‘plab asosiy futbolchilarni jalb etishi kutilmoqda. Jamoa bu hafta to‘liq tarkibda mashg‘ulotlarni qayta boshlashi kerak.
