Hujumchi Ansu Fati «Barselona»dan ketishi va so'nggi yillarda barqaror o'ynashiga to'sqinlik qilgan muammolar haqida gapirdi. Endi 23 yoshli futbolchi «Monako»ning o'yinchisi bo'lib, uning transferi uchun 11 million evro to'landi.

«Men ko'p yillar «Barselona»da o'tkazdim, u yerda ko'p do'stlarim va La Masiyada ishlovchi odamlar qoldi. Hammalari menga xabar yuborishdi, men ham barchasi bilan xayrlashdim. Birinchi kunlar qayg'uli edi, lekin bu hayot. Bo'lib o'tgan narsani qabul qilish va oldinga harakat qilish kerak», - dedi Fati sport.es bilan bo'lgan intervyusida.

Hujumchi, «Monako»dan kelgan ishonch uning o'ziga bo'lgan ishonchini qayta tiklashga yordam berganini ta'kidladi.

«Dastlabki paytlarda klubning ishonchini his qildim va juda yaxshi munosabatda bo'lishdi. Meni ajoyib kutib olishdi. Men jamoaga borimni berishga harakat qildim va har doim ularga yordam berishni xohladim», - dedi ispaniyalik futbolchi.

Fati so'nggi mavsumlarda eng katta muammo sifatida jarohatlarni ko'rsatdi, bu esa uning doimiy ravishda maydonga chiqishiga to'sqinlik qildi.

«Agar men jismonan tayyor bo'lsam, qolgan hammasi o'z-o'zidan keladi. So'nggi yillarda menga eng ko'p etishmayotgan narsa barqarorlik edi - jarohatlar tufayli men jamoaga yetarli darajada mavjud bo'la olmadim. Ko'pchilik meni jarohatlar bilan bog'laydi, va haqiqatdan ham, men ulardan ko'p azob chekdum. Lekin bu hayot. Men buni qabul qilaman va sog'lom bo'lish va o'ynash uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilaman», - dedi futbolchi.

Futboldan tashqari, Fati musiqa bilan ham shug'ullanadi. Yaqinda u o'zining birinchi albomi Sea como Sea ni chiqardi. Hozirda hujumchining asosiy maqsadlaridan biri Ispaniya terma jamoasiga qaytishdir.