«PSJ» «Barselona»ga hujumchi Ferran Torresni sotib olish bo'yicha rasmiy taklif berdi.

Insayder Fabrizio Romano ma'lum qilishicha, parijliklar ispan futbolchisi uchun 50 million evro taklif qilgan. Hozirda klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda bo'lib, tomonlar og'zaki kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. Fransuz klubida Torresni ushbu summaga sotib olish foydali bitim deb hisoblamoqda, chunki futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi kelasi yil tugaydi. Agar shartnoma uzoqroq davom etsa, hujumchining narxi 70-80 million evrogacha ko'tarilishi mumkin edi.

Avvalroq, «PSJ» Torres bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, kataloniyaliklar futbolchidan 65 million evro olishni xohlayotgani haqida ma'lumotlar mavjud edi.