Madriddagi Real yarim himoyachisi Federiko Valverde yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga bo'lgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Urugvaylik futbolchi Ferencvaroshga qarshi o'tkazilgan nazorat o'yinida (2:1) g'alabaga erishishda muhim rol o'ynab, bitta assist berdi.
«Mourinyo – ajoyib murabbiy. Har kuni undan o'rganishga harakat qilaman. Biz har doim oxirigacha uning uchun kurashamiz. Joze – klubimiz uchun alohida inson.
Men Mourinyoning shunday bo'lishini kutmagan edim. U bizga juda yaqin. Ha, ba'zan u qattiq, lekin menimcha, bu bizga rivojlanishga yordam beradi», – deydi Valverde Madrid Xtra'ga.
12 avgustda Real Deportivoga qarshi nazorat o'yinini o'tkazadi.
