Madridning Real klubining sobiq futbolchisi Xavyer Ernandes Kristianu Ronalduning o‘yinlari haqida esladi.
Meksikalik va portugaliyalik 2014/15 yilgi mavsumda Realning ranglarini himoya qilishgan. O‘shanda Manchester Yunayted Xavyerni ijaraga bergan edi.
«Men Kristianu haqida oldin eshitgan barcha hikoyalar haqiqat ekanligini tushundim. Uning g‘alaba qozonishga bo‘lgan istagi har doim uning bilan edi – hatto kechki ovqatda ham, lekin bu hech qachon kibrga aylanmasdi. Ronalduning har doim juda insoniy va kamtar bo‘lib qolishi meni hayratda qoldirdi», – dedi Xavyer Ernandes Rio Ferdinandning podkastida.
Kristianu Ronald 2009 yildan 2018 yilgacha Realda o‘ynagan. Hozirda 41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonida Al-Nasr jamoasida faoliyat yuritmoqda.
