Mashhur meksikalik hujumchi Xavyer Ernandes past baholangan yulduz o'yinchini nomladi.
«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Madridning «Real» klubi va Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghamni ajratib ko'rsatdi.
«U so'nggi uch-to'rt yil ichida dunyoning eng yaxshi yarimhimoyachilari qatoriga kiradi – buni hech kim inkor eta olmaydi. Uning o'yini – bu juda ajoyib, mehnatsevarligi ham shunday», – deydi Chicharito The Touchline nashriga bergan intervyusida.
Jud Bellingham 2023 yildan beri «Real» uchun o'ynaydi. Yaqinda o'tkazilgan jahon chempionatida 23 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasini yarimfinalgacha olib bordi.
