«Barselona» xavfsizlik muammolari sababli marokashlik «Ittihad Riyadi Tanjer» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Ushbu qarorning sababi Ispaniyaning Seuta eksklavidagi migratsiya inqirozi tufayli xavfsizlik holatining murakkabligi bo‘ldi.
O‘yin 15-avgustga mo‘ljallangan edi. Bu joriy yozgi mavsumda «Barselona»ning ikkinchi bekor qilingan o‘rtoqlik o‘yini. Avvalroq kataloniyaliklar inglizning «Preston» klubiga qarshi yopiq o‘yin o‘tkazmoqchi edi, ammo o‘yin ingliz klubining asosiy tarkibidagi o‘yinchilarning yetishmasligi sababli bekor qilindi. Buning o‘rniga ko‘k-qizillar o‘z futbolchilari o‘rtasida ikki tomonlama o‘yin tashkil etdilar.
Kataloniyaliklarning keyingi tasdiqlangan o‘yini 19-avgustda Misrning «Al-Ahli» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan Joana Gamper kubogidagi uchrashuvdir. 23-avgustda esa «Barselona» Ispaniya chempioni unvonini himoya qilishni «Elche»ga qarshi safarda boshlaydi.
