Madriddagi Real rasmiy ravishda hujumchi Vinisius Junyor bilan shartnomani uzaytirdi. Braziliyalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2032 yil 30 iyungacha davom etadi.
Vinisius 2018 yil yozida 18 yoshida Realga o'tgan. U Madrid klubida o'tkazgan sakkiz mavsumda 375 o'yin o'tkazib, 128 gol urdi va 14 ta sovrin qo'lga kiritdi: ikkita Chempionlar ligasi, uchta klub jahon chempionati, ikkita UEFA Superkubogi, uchta Ispaniya chempioni unvoni, Ispaniya kubogi va uchta Ispaniya Superkubogi.
Klub tomonidan shartnoma uzaytirilishi munosabati bilan e'lon qilingan bayonotda, Vinisius klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birida asosiy o'yinchilardan biriga aylandigi ta'kidlangan.
