«Barselona» markaziy himoyachisi Alvaro Kortes birinchi jamoa murabbiylarining ishonchini qozondi.

21 yoshli futbolchining kelgusi mavsumda «ko‘k-qizil» asosiy tarkibiga kirishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Serxi Kapdevila. Murabbiy Hans-Diter Flik va klub rahbariyati yosh ispanning o‘yinidan hayratda.

Alvaro Kortes avvaliga Kataloniyaning ikkinchi jamoasi safida ko‘proq o‘ynagan va u yerda kapitanlik qilgan. U birinchi jamoa safida hozircha faqat bitta rasmiy o‘yinda qatnashdi – bu may oyida «Alaves»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda debyut bo‘lib, natija 0:1 hisobida mag‘lubiyat bilan yakunlandi.