Chorshanba kuni «Real» va Vinisius Junyor yangi muzokaralar o‘tkazdi. Sky Sports xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi ushbu muzokaralardan so‘ng «Real»da qolishi kutilmoqda.
Biroq, «Arsenal» Vinisiusga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda, uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
Oxirgi kunlar va haftalarda 26 yoshli Vinisiusning kelajagi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqaldi. Ularning ba'zilarida braziliyalikning moliyaviy talablarining «Real»ning pozitsiyasi bilan to‘g‘ri kelmasligi haqida yozilgan. Ehtimol, oxirgi muzokaralarda tomonlar kelishuvga erishgan bo‘lishi mumkin.
