Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo hujumchi Viniysiusi Junyorga jahon chempionatidan keyin bog‘langan.
Portugaliyalik mutaxassis braziliyalikka jahon chempionati tugagach tezda qo‘ng‘iroq qilgan. El Larguero ma'lumotlariga ko‘ra, yangi «oq-qora» murabbiyi futbolchiga jamoasida muhim rol o‘ynashini aytgan. «Maxsus» murabbiy va yulduz hujumchi o‘rtasidagi munosabatlar «juda yaxshi» deb ta’riflangan.
Oldinroq, matbuotda Mourinyoning Viniysiusi Londondagi Arsenalga sotishga rozilik berishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. 26 yoshli futbolchi hali ham Real bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishmagan, hozirgi shartnoma esa kelasi yilda tugaydi.
