«PSJ» «Manchester Siti»ning yarim himoyachisi Rodrini o‘z jamoasiga ko‘chirishga muvaffaq bo‘lmaganidan so‘ng, Pedrini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
El Nacional ma'lumotlariga ko‘ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike 23 yoshli Pedrini transfer qilish bo‘yicha klub rahbariyatidan ish boshlashni so‘ragan. «PSJ» dastlabki rasmiy taklifini taxminan 90 million evro miqdorida tayyorlamoqda. Biroq «Barselona» yarim himoyachisi bilan xayrlashmoqchi emas.
Pedri 2019 yildan beri «Barselona»da o‘ynaydi. U klubda jami 245 o‘yinda 28 gol urib, 33 assist bergan. Uning mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi va Pedrining bozor qiymati 150 million evroga baholanmoqda.
