Viniyus Junyorning kelajagi noma'lum va shu sababli muhokama qilinmoqda. Braziliyalik futbolchining «Real» bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hech qanday natijaga erishmayapti.

Globo Esporte ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Viniyus bonuslar bilan birga yiliga taxminan 18,5 million evro ishlab topmoqda. «Real» maosh uchun maksimal chegarani 20 million evro qilib belgilagan va bu Vini uchun muammo emas.

Asosiy muammo esa imzo bonusidir – «Real» bunday bonus yangi futbolchilar uchun kamroq bo'lishi kerak deb hisoblaydi. Viniyusning vakillari esa, agar hujumchini sotib olishsa, «Real» ko'proq mablag' sarflashi kerakligini ta'kidlamoqda.

26 yoshli Viniyusning holatini «Arsenal» diqqat bilan kuzatmoqda.

«Real» Viniyusga ultimatum qo'ydi