«Real» «Vilyarreal» himoyachisi Renat Veygoni kuzatmoqda, deb xabar beradi Marca.
22 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi safida o‘tkazgan yaxshi o‘yini tufayli madridlik klubning qisqa ro‘yxatiga kirdi. «Real»ga o‘tish, madridliklar Raul Asensioni sotishlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
23 yoshli portugaliyalikning «Vilyarreal» bilan shartnomasi 2032 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali Veygoni 30 million evroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda himoyachining Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yini, 5 ta sariq kartochkasi va 1 ta qizil kartochkasi bor. U Lamina Yamaliga qilingan og‘ir foul uchun maydondan chetlatilgan. Bu voqea o‘tgan mavsumning La Ligasi 17-turida ro‘y berdi.
