«Al-Hilal»ning qanot himoyachisi Joao Kanselu tez orada jamoasini o'zgartirmoqchi. 32 yoshli futbolchi Saudiya klubining Avstriyadagi oldindan tayyorgarlik yig'ilishiga bormadi, deb xabar beradi Diario Sport. Endi portugaliyalik futbolchiga intizomni buzganlik uchun jarima solinishi mumkin.

Kanselu o'z vatanida qolmoqda, chunki uning agenti Jorje Mendes «Barselona»ga qaytish bo'yicha shartnoma ustida ishlamoqda. «Ko'k-qizillar» futbolchini 10 million evrodan kamroq narxda transfer qilish umidida.

Joao Kanselu o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Kataloniyaliklar safida ijarada o'ynagan. U bir necha bor «Barselona»ga doimiy ravishda o'tishni xohlayotganini bildirgan va «Al-Hilal»da yana o'ynashni istamaydi.