«Real» o'zining rasmiy saytida xabar berdi. «Slivkalar» himoyachi Raul Asensio jarohati haqida ma'lum qildi.

Tekshiruv natijasida 23 yoshli Asensioda o'ng oyog'ining to'g'ri mushagida jarohat aniqlangan. «Real» matbuot xizmati Raulning qaytish muddatlari tiklanish dinamikasiga bog'liq ekanligini ta'kidlamoqda.

«Real»ning asosiy jamoasida Raul Asensio 80 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. U bu o'yinlarda ikki gol urib, uchta golli pas bergan.

«Real»ning mavsumi 22-avgustda Ispaniya chempionati doirasida «Espanyol»ga qarshi mehmonlik o'yini bilan boshlanadi.