«Real» hujumchisi Franco Mastantuono bu yozda ijaraga berilishi ehtimoli katta.
Ignasio Sanchesning ma'lumotlariga ko'ra, argentinalik futbolchini ijaraga olishda «Malaga» qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida, futbolchi faqat ispan tilida so'zlashadigan mamlakatlarda o'ynashni xohlaydi, shuning uchun hozirda ispan ligasidan tashqari har qanday liga istisno qilingan.
Mastantuononing asl maqsadi «River Pleyt»ga qaytish, ammo «Real» bu variantni ko'rib chiqmayapti, chunki bu hujumchining transferi muvaffaqiyatsiz bo'lganini tasdiqlaydi. Madrid klubi, janubiy amerika futbolining sekin ritmiga qaytish Mastantuononing rivojlanishida katta orqaga qadam bo'lishini hisoblaydi.
