Madriddagi Atletiko futbolchilari «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni o'z jamoalarida ko'rishni xohlashmoqda.
Ispaniyalik matrasniklar, u bilan birgalikda milliy terma jamoada o'ynagan tanishlari, uni «ko'k-qizillar» safidan chiqishga va Madridga ko'chishga ko'ndirishga harakat qilmoqda, deb xabar bermoqda Marca. «Atletiko» o'yinchilari Ferran jamoaning asosiy tarkibida o'rin egallashi va mahalliy muxlislar orasida qahramonga aylanishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Torresning «Barselona» bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. 26 yoshli jahon chempioni Transfermarkt portaliga ko'ra 55 million yevro baholanmoqda.
