«Real» 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Seshanba kuni Jozef Mourinyo jamoasi «Leganes»ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi va uni katta hisobda 4:1 hisobida yutdi.

«Real» tarkibida gollarni Federiko Valverde, Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono kiritdi. Yana bir gol «Leganes» futbolchisi tomonidan autogol sifatida kiritildi.

2026/2027 yilgi mavsumdagi birinchi rasmiy o'yinini «Real» 22-avgust, shanba kuni o‘tkazadi. Mourinyo jamoasi o‘sha kunda «Leganes»ga qarshi safarda o‘ynaydi.

Esda tuting, o‘tgan mavsumda «Real» hech qanday kubok yutmagan. Jozef Mourinyo joriy yozda «Real» bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi.