«Barselona» yozgi transfer oynasida hujumchi Xulian Alvaresni qo'lga kiritish niyatida. The Touchline'ga ko'ra, kataloniyalik klub Alvaresning transferi uchun taklifini 130 million evrogacha oshirishga tayyor.
Biroq, «Atletiko»dagi manbalar klubning «Barselona» bilan Alvares bo'yicha muzokaralar o'tkazishga tayyor emasligini bildirgan.
Oldinroq, «Barselona» Xulian Alvares uchun 100 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. 26 yoshli argentinalik futbolchi kataloniyalik klubda o'ynashni xohlaydi, ammo «Atletiko»ning qat'iy pozitsiyasi bor: madridliklar hujumchini «Kamp Nou»ga o'tkazishga niyat qilmayapti.




