«Barselona»ning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik to'liq ravishda «Barselona» yulduzi – yarim himoyachi Frenki de Yongga ishonchini yo'qotdi. Bu haqda Goal portali Kataloniyaning katta jamoasi yangiliklariga ixtisoslashgan jurnalist Xerard Romero'ga tayanib xabar bermoqda.
Romero ma'lum qilganidek, Flik va de Yong o'rtasidagi mojaro o‘tgan mavsumda boshlangan. Germaniyalik murabbiy shifokorlar ruxsat bergandan so'ng Frenkini «Atletiko»ga qarshi Chempionlar ligasining javob o‘yinida maydonga tushirishni xohlagan. Biroq, futbolchi xavf tug'dirmaslikni afzal ko'rgan. Bu Flikka yoqmadi.
Endi Flik va de Yong o'rtasidagi munosabatlar butunlay tugadi va 29 yoshli futbolchi «Barselonadan» chiqish imkoniyatlarini izlamoqda. Hozirda Frenki jarohatlangan.




