Saudiya Arabistoni «Al-Hilal» jamoasining hujumchisi Darvin Nunyess «Barselona»da karerasini davom ettirishga tayyor.
27 yoshli futbolchi «ko'k-qizil»lar uchun Xulian Alvares bilan kelishuv amalga oshmasa, muqobil variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Urugvaylik futbolchi, Kataloniya gigantiga «byudjet» jihatidan foydali variant bo'lishi mumkinligiga ishonmoqda, deya xabar beradi Mundo Deportivo. O'yinchi va uning agenti vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etishadi.
Transfermarkt ekspertlari sobiq «Liverpul» hujumchisi narxini 20 million evro deb baholamoqda. Nunyessning «Al-Hilal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.




