Hujumchi Ferran Torres jahon chempionati finalining qahramoniga aylandi. Aynan uning qo'shimcha vaqtdagi goli Ispaniya terma jamoasiga Arjantin ustidan g'alaba keltirdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» Torresga umid bog'laydi, lekin uning kelajagi haqidagi niyatlarini bilishni xohlaydi.
Kelayotgan haftada Torres va klub vakillari o'rtasida uchrashuv rejalashtirilgan. Hozirda futbolchi, shartnomasini uzaytirmoqchimi yoki ketmoqchimi, o'ylamoqda.
26 yoshli Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. «Sine-granatoviylar» safida Torres 207 o'yin o'ynab, 65 gol urdi va 23 golli uzatma berdi.




