«Atletiko» Madrid rahbariyati «Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernalga e'tibor qaratgan va Katalon klubi uni Xulian Alvaresga bo'lgan kelishuvga kiritishini xohlaydi. Bu haqda Mundo Deportivo gazetasi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» Alvares uchun 100 million evro va o'z futbolchilaridan birini taklif qilishga tayyor, lekin bu Bernal bo'lmasligi kerak. «Ko'k-qizillar» 19 yoshli futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmayotganligi aytilmoqda.

O'tgan mavsumda «Barselona» tarbiyalanuvchisi 33 ta o'yinda qatnashib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.