Madriddagi «Real» markaziy himoyachisi Din Huyzen yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan ishlash haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Portugaliyalik mutaxassis «oq-qora» jamoasini iyun oyida boshqara boshladi. U avvalgi safar 2010-2013 yillarda klubda faoliyat yuritgan.

«Mourinyo – ajoyib inson. Umid qilamanki, u bilan bu mavsum ko‘plab kuboklar yutamiz. Joze ning intensiv mashg‘ulotlari normal, biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ko‘rishimiz kerak, bizda ko‘proq ikki marta mashg‘ulotlar bo‘ladimi», – deydi Huyzen Madrid Universal nashriga.

Ispaniyalik himoyachi «Real»dagi ikkinchi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘tgan yili u inglizning «Bournemouth» klubidan sotib olingan edi.