«Barselona» ekvadorlik himoyachi Xosue Kaysedoning transferi haqida e'lon qildi. 18 yoshli futbolchi Kataloniyaning zaxira jamoasi safida 2026-27 yilgi mavsum oxirigacha ijarada o'ynaydi.
O'yinchining huquqlari «LDU Kito»ga tegishli. Klub o'rtasidagi kelishuv ijaraning tugashidan so'ng o'yinchini sotib olish imkoniyatini ko'zda tutadi. Kaysedo chap himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi va Ekvadorning istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. U yuqori tezlikka ega bo'lib, nafaqat himoyada, balki boshqa pozitsiyalarda ham harakatlanishi mumkin.
O'tgan mavsumda himoyachi «LDU Kito»ning asosiy jamoasida debyut qildi. Uning hisobida 8 ta rasmiy o'yin bor - 7 tasi Ekvador chempionatida va 1 tasi Copa Libertadoresda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 300 ming evrodir.




