«Barselona» prezidenti Joan Laporta klubdagi Rafinya Diasning kelajagi haqida fikr bildirdi.

O'tgan bir necha oy davomida yulduzli braziliyalik futbolchining klubni tark etishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, ammo «ko'k-qizillar» bu ma'lumotlarni rad etmoqda.

«Biz Rafinyaning ketishini xohlamaymiz. U bizning asosiy o'yinchimiz. Gordon va Adeyemi bilan shartnoma imzolash Rafinyaning ketishi bilan bog'liq emas - bu yerda hech qanday aloqasi yo'q», - dedi Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

29 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda u 33 o'yinda 21 gol urdi va sakkiz assist berdi.