«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopesning tiklanish muddatlari haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Ma'lum jurnalist Xavi Miguelning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishiga to'liq tayyor bo'ladi. U iyul oyi oxirida rejalashtirilgan «Birmingem»ga qarshi do'stlik o'yinida maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Lopes o'tgan mavsum oxirida jarohat olgan edi. 2025/26 mavsumida u barcha musobaqalarda 48 uchrashuvda ishtirok etib, 13 gol urdi va 17 golli uzatma berdi.
Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi avgust oyi o'rtalarida boshlanadi.




