Saudiya Arabistonining «Al-Hilal» klubi «Barselona» vingeri Rafinyo haqida tarqalgan transfer ma'lumotlarini rad etdi. Bu haqda 365Scores xabar bermoqda.

Yozilishicha, klub nafaqat braziliyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormaydi, balki uni yozgi transfer oynasi uchun maqsad sifatida ham ko'rmaydi.

«Al-Hilal»da bu mish-mishlardan norozi bo'lishdi. Ular, o'z nomlarini tilga olish, «Barselona»ga futbolchining shartnomasini yaxshilash uchun bosim o'tkazish maqsadida ishlatilishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

O'z navbatida, o'yinchi o'zining «Barselona»ni yaqin kelajakda tark etishni rejalashtirmayotganini bir necha bor ta'kidlagan. Rafinyo bilan katalon klubining shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.