Joze Mourinyo «Real»ning bosh murabbiyi lavozimida ish boshladi. Bu haqda Madrid klubining matbuot xizmati bir nechta fotosuratlar bilan ma'lum qildi.
Ma'lumki, o‘tgan mavsumda «Real» hech qanday sovrin qo‘lga kiritmay, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mavsumning birinchi qismida «qaymoqlilar»ni Xabi Alonso, ikkinchi qismida esa Alvaro Arbeloa boshqargan.
Joze Mourinyo avval ham 2010-2013 yillarda «Real»ni boshqargan. O'sha davrda jamoa La Ligani, Ispaniya Kubogini va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. Mourinyo davrida har uch mavsumda «Real» Chempionlar ligasining yarim finaliga yetib borgan.




