Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Jud Bellingem bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «oq-qora» klubi futbolchiga muvaffaqiyatli mavsum va jahon chempionatidagi chiqishidan so'ng yangi uzoq muddatli shartnoma taklif etmoqchi. «Real» Bellingemning maoshini yiliga 18,2 million evrodan 24,3 million evrogacha oshirishga tayyorligi aytilmoqda. Bu uni «Real»ning eng ko'p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylantiradi.

O'tgan mavsumda 23 yoshli Bellingem barcha musobaqalarda 40 uchrashuvda ishtirok etib, sakkiz gol urdi va beshta assist muallifi bo'ldi.

Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.