Chap himoyachi Madridning «Real» klubida o'ynayotgan Frans Garciya yaqin kunlarda «Betis»ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Samuyl Silva xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi soatlarda tomonlar muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishdilar, chunki o'yinchi o'zini «Betis»ga o'tkazishni so'ragan. Hozirda bitimning oxirgi tafsilotlari muhokama qilinmoqda.
Frans Garciya — «Real»ning tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda 26 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda qatnashdi, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Garciyaning «sutli»lar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. Transfermarkt mutaxassislari himoyachining qiymatini o'n million evro deb baholamoqda.
Arbeloa «Real»ning uch nafar o'yinchisini APL klubiga o'tkazmoqchi




