«Barselona» braziliyalik qanot o'yinchisi Rafinhaning yuqori darajaga qaytishiga yordam berishni xohlaydi. Bu haqda Diario SPORT gazetasi xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, agar Rafinha saudiyalik «Al-Hilal»ga o'tishdan bosh tortsa, «Barselona» uning tez-tez jarohatlanish muammolarini yengib o'tishiga yordam berishga e'tibor qaratadi. Kataloniyalik klub o'yinchini 2024/25 yilgi mavsumda namoyish etgan darajasiga qaytarishni maqsad qilgan va u «Oltin to'p» uchun da'vogarlardan biri bo'lgan.
O'tgan mavsumda 29 yoshli Rafinha barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 gol urdi va sakkiz assist yozdirib qo'ydi.




