«Galatasaray» hujumchisi Viktor Osimxen «Barselona»ga o'tishi qiyin, deb hisoblaydi, bu haqda «Fenerbahce»ning sobiq hujumchisi Serdar Dursun fikr bildirdi.

Nigeriyalik hujumchi Istanbul klubida ajoyib mavsum o'tkazdi. U jamoani chempion qilishga yordam berdi va barcha musobaqalarda 22 gol va 8 golli uzatma qayd etdi.

Dursun Osimxenning o'yin uslubi kataloniyalik klubga mos kelmasligini aytdi.

«Men Osimxen «Barselona»da o'ynay oladi, deb o'ylamayman. U iste'dodli futbolchi, lekin uning texnikasi yetarlicha toza emas», - dedi Dursun Spor Smart kanalida.

Osimxenning kelajagi yaqin haftalarda aniqlanishi kerak. Hujumchiga bir nechta yirik evropalik klublar qiziqish bildirmoqda.