Madriddagi «Atletiko» muxlislarni muhim yangilik bilan xursand qildi – jamoa kapitani Koke klubda 2026/2027 yilgacha qoladi. Ushbu davrga mo'ljallangan yangi mehnat shartnomasi «matraschilar»ning ko'p yillik lideri bilan tuzildi. Shartnoma uzaytirilgani haqida ma'lumot «Atletiko»ning rasmiy saytida e'lon qilindi.

Koke – poytaxt jamoasining akademiyasida tarbiyalangan futbolchi. 2011 yilda yarim himoyachi asosiy jamoada o'ynay boshladi. 15 yil davomida ispan 740 ta o'yinda maydonga tushdi, unda 50 gol urdi va 122 assist amalga oshirdi.

Esda tuting, «Atletiko» o'tgan La Liga musobaqasida 69 ochko to'plab, to'rtinchi o'rinni egalladi.